Spalettining Italiya terma jamoasidagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Luchano Spalettining Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi maoshi ma’lum bo‘ldi.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, «Roma», «Napoli» va «Inter»ning sobiq murabbiyi «adzurri»da dastlab 2,8 million yevro oladi.

Mutaxassisning Italiya futbol federasiyasi bilan shartnomasi 3 yilga mo‘ljallangan. E’tiborlisi, Yevropa chempionlarining avvalgi ustozi Roberto Manchinining maoshi to‘rt yarim million yevroni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Spaletti 18 avgust, juma kuni rasman Italiya terma jamoasi murabbiyi sifatida tanishtirildi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter