Kroos futbolda individual sovrinlarni keraksiz deb atadi

O‘tgan yozda faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan «Real»ning sobiq futbolchisi Toni Kroos futboldagi individual sovrinlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Futbolda individual sovrinlar kerak emas deb hisoblayman. Butun jamoa bo‘lmasa, bitta o‘yinchi hech narsa emas», – deb yozadi nemis futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, Kroos Germaniya terma jamoasining 2024 yilgi Yevropa chempionatining chorak finalidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter