Fonseka: «Abraxam butun jamoa uchun namuna»

Italiya futbolida “A” seriyaning 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda, “Milan” o‘z maydonida “Venesiya”ni qabul qildi va javobsiz to‘rtta gol urdi.

Ulardan birini Temmi Abraxam urdi. «Milan» ustozi Paulo Fonseka uning muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.

«U bizga oxirgi bo‘lib qo‘shildi. U ko‘p mashg‘ulot o‘tkazmagan, lekin u biz uchun kerakli energiyaga ega.

U ham, Morata ham himoyada ishlashga tayyor. Ular butun jamoa uchun namuna, qolganlari ularga ergashadi», – deya Fonsekaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter