«Yuventus»ning sobiq futbolchisi jamoaga qaytdi
«Yuventus»ning sobiq futbolchisi Jorjio Kyellini Turin klubida rasman yangi rol oldi – endi 40 yoshli sobiq himoyachi futbol strategiyasi uchun javobgar bo‘ladi.
Uning futbol strategiyasi direktori etib tayinlanganini «byankonerilar» matbuot xizmati tasdiqladi.
Faoliyatini tugatgandan so‘ng, Kyellini klub bilan aloqalarini uzmadi – u avval tuzilmada ishlagan, futbol tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarni nazorat qilgan.
Biroq, yangi lavozim sport siyosati va jamoani chuqurroq rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/