Kyellini: «Messining jamoasi MLSdagi eng kuchli klub»

Italiyalik himoyachi Jorjio Kyellini MLSda o‘ynaydi va u ham ko‘pchilik qatori Lionel Messining iste’dodiga qoyil qoladi. Endi Kyellini «Inter Mayami» liganing eng yaxshi klubi ekanligiga va chempionlik unvoni uchun asosiy kurash bo‘ladigan pley-offda ishtirok etishiga ishonmoqda.

«Uning jamoasi hammadan ustun turadi, men buni ko‘rdim. Ularning pley-offga chiqishlariga shubham yo‘q», – dedi italiyalik himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, Messi kelguniga qadar uning jamoasi turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter