Bastoni Italiya terma jamoasining Yevro-2024’dagi kutilayotgan ishtiroki haqida fikrini bildirdi
Milanning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Italiya terma jamoasining Yevropa chempionatidagi istiqbollari haqidagi savolga javob berdi.
Luchano Spaletti shogirdlari Ispaniya, Xorvatiya va Albaniya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. «Skuadra Adzurra» turnirga amaldagi chempion sifatida tashrif buyuradi.
“Evro-2024? Bizda yosh jamoa bor, lekin ko‘pchiligimiz uch yil oldin ham jamoada edik. O‘shanda Jorjio Kyellini va Leonardo Bonuchchidan ko‘p narsani o‘rganganman, hozir esa o‘zim terma jamoa libosida muvaffaqiyat qozonishni istardim”, — dedi terma jamoada 21 ta o‘yinda maydonga tushgan Bastoni.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/