Lautaro YECHL va JCH finali o‘rtasidagi farqni aytdi
Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines navbatdagi finalda maydonga tushadi. Shanba kuni «neradzurrilar» «PSJ» bilan Chempionlar Ligasi kubogi uchun bahs olib boradi.
Avvalroq, Lautaro Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgandi – bu ikki yil oldin bo‘lgan va o‘shanda «Inter» «Manchester Siti»ga yutqazgandi. Avvalroq, 2022 yilda hujumchi Argentina terma jamoasiga jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yinida fransiyalik raqiblarini mag‘lub etishga yordam bergandi.
«Chempionlar Ligasi finali jahon chempionati finalidan nimasi bilan farq qiladi? Men «Inter» sardoriman, shuning uchun bu yerda zimmamda yanada ko‘proq mas’uliyat bor. Men har doim aytamanki, har bir o‘yin – bu final, ammo bu holatda gap haqiqiy final haqida ketmoqda, axir o‘rtada sovrin bor. Biz faqat ijobiy fikrlaymiz,» – dedi Martines matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/