Lautaro: «Sardor sifatida birinchi kubogimni qo‘lga kiritdim»
Italiya futbolida mamlakat Superkubogi g‘olibi aniqlandi, Simone Indzagi boshchiligidagi «Inter» «Napoli»ni minimal ustunlik bilan mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi va jamoa sardori Lautaro Martines o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz muhim maqsadga erishdik, men sardor sifatidagi birinchi kubokimni qo‘lga kiritdim», – deya Lautaro Martines so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida Milanning “Inter” klubi “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/