«Arsenal» yozda yulduz hujumchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor

Londonning «Arsenal» klubi yozda «Inter»ning yulduz hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «neradzurilar»ning 27 yoshli argentinalik hujumchisi «kanonirlar»ning navbatdagi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. «Arsenal» yangi hujumchini jiddiy maqsad qilgani ma’lum.

Qayd etilishicha, «neradzurilar» rahbariyati Lautaro Martinesga shunday yirik taklif tushsa, uni qo‘yib yuboradi, chunki ular klubning moliyaviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda rad eta olmaydi.

Joriy mavsumda Lautaro Martines klub safida barcha turnirlar doirasidagi 32 ta o‘yinda 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter