Sakki: «Rahbariyat katta nomni tanladi»

«Milan»ning sobiq ustozi Arrigo Sakki klubning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilayotgan Massimiliano Allegri haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Rahbariyat katta nomni tanladi. U Italiya futbolida ko‘p g‘alaba qozongan, klubdagi vaziyat va A Seriya dinamikasini yaxshi biladigan odam.

Bu odamlarda ishtiyoq uyg‘otishi kerak bo‘lgan ambisiyali tanlov», – deya Sakkining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter