Allegri ma’lum shart bilan «Yuventus»ga qaytishi mumkin

«Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klubda uchinchi marta ish boshlashi mumkin.

«Keksa sinyora» bosslari mavsum yakunida amaldagi shartnomasi tugaydigan Igor Tudorning kelajagi borasida hali bir qarorga kelgani yo‘q. Turinliklar Antonio Konte kabi ko‘plab nufuzli murabbiylarga qiziqish bildirmoqda. TuttoSport xabariga ko‘ra, Allegrining yana bir bor klubga qaytishi variantini ham istisno qilmaslik kerak – bu faqatgina Krishtiano Juntoli klubni tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Massimiliano Allegri o‘tgan yilning may oyida «byankonerilar» ustozi lavozimidan ozod etilgandi. O‘shandan beri mutaxassis ishsiz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter