Sakki: «Bu durangda Spalletti aybdor emas»

Italiya terma jamoasi makedoniyaliklar bilan durang o‘ynadi. 1994 yilda terma jamoani jahon chempionati final bosqichiga olib chiqqan Italiya terma jamoasining sobiq ustozi Arrigo Sakki uchrashuv natijasi haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, italiyaliklar makedoniyaliklarga ruhiy jihatdan mag‘lub bo‘lishdi, yangi jamoa murabbiyi hali buni tuzatishga ulgurmagan.

«Muvaffaqiyatsizlikda Spaletti aybdor emas. Unda futbolchining ruhiyatini o‘zgartirish uchun yetarlicha vaqt yo‘q. Italiya qo‘rqoqlik bilan o‘ynadi va bu Makedoniyaga avvalgidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinishga imkon berdi», deb Sakki so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter