Kannavaro nima uchun «Milan»da o‘ynamaganini aytdi

2006 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Fabio Kannavaro nima uchun faoliyatining avjida Italiyaning eng yaxshi klubi «Milan»ga olib ketishmagani haqida gapirdi.

«Menda «Milan»da bo‘lish imkoniyati bo‘lgandi. Arrigo Sakki meni klub rahbariyati bilan bog‘ladi, aloqalar bor edi, lekin hech narsa chiqmadi. Vaqt o‘tishi bilan men Ariyedo Braidadan sabab mening bo‘yim pastligini bildim, ular meni aynan shu sababdan «Milan»ga olishmagan», – deya Kannavaro so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Shu dam olish kunlari Italiya chempionatining navbatdagi turi bo‘lib o‘tadi, “Milan” Turinning “Yuventus” jamoasi bilan o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter