Van de Ven nega 37-raqamda harakat qilishini tushuntirdi
Niderlandiyalik himoyachi Mikki Van de Ven nima uchun 37-raqamni tanlagani haqida gapirdi.
Van de Ven 2023 yilda «Tottenxem»ga o‘tgan, u avvalroq «Volfsburg»da o‘ynagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 37-raqamdan u og‘ir kasallik tufayli atigi 15 yoshida vafot etgan yaxshi do‘sti xotirasiga hurmat sifatida foydalanadi.
«Bu Dimitriyning raqami va voqea sodir bo‘lganda, bu mening raqamim bo‘lishi kerakligini tushundim,» – deya niderlandiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Londonning «Tottenxem» klubi Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi. Bu klub tarixidagi uchinchi va 21-asrdagi birinchi yevrokubok hisoblanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/