«Tottenxem» niderlandiyalik futbolchi bilan kelishib oldi

«Tottenxem» klubi himoyachi Mikki van de Ven bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda gapirdi. Unga ko‘ra, «shporlar» «Volfsburg» bilan van de Venning transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi – faqat bir nechta tafsilotlarni hal qilish kerak.

Van de Ven 2021-yil avgust oyi oxiridan beri “Volfsburg”da o‘ynamoqda. Shundan buyon gollandiyalik nemis “bo‘rilari” safida 41 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va sheriklariga 3 ta samarali uzatma berdi.

Nufuzli transfermarkt portali mutaxassislari 22 yoshli Mikki van de Venni 30 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter