Postekoglu: «Mikki shu haftada jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi»

Londonning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Anje Postekoglu avvalroq jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmagan markaziy himoyachi Mikki van de Venning safga qaytishini e’lon qildi.

“Mikki shu haftada jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi. Ertaga «Byornli» bilan o‘yinda maydonga tushishiga ishonchim komil emas, lekin kengaytirilgan tarkibga albatta kiritiladi.

Van de Ven biroz vaqtni o‘tkazib yubordi, shuning uchun uning qaytishiga ehtiyot bo‘lishimiz kerak», dedi Postekoglu matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, yozda “Tottenxem” 22 yoshli van de Ven uchun Germaniyaning “Volfsburg” klubiga 40 million yevro to‘lagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter