«Barsa» Flik bilan barchasini aprel oyida hal qilib bo‘lgandi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi.
Ma’lumki, tomonlar mehnat shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirishga kelishib olishgan. Jurnalist Xelena Kondisning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga aprel oyida erishilgan. Kelishuvning imzolanishi rasman mavsum yakunida, «Barselona» La Liga chempionligini kafolatlaganda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Xans-Diter Flikning Kataloniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. «Ko‘k-anorranglilar» nemis murabbiyi qo‘l ostidagi debyut mavsumida Superkubok va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi va La Ligadagi g‘alabaga ham bir qadam qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/