«Barsa» Flik bilan bog‘langan

«Barselona» «Bavariya»ning sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan bog‘landi.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar hali 58 yoshli mutaxassisga taklif bilan chiqishmagan, deb yozadi The Athletic.

Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasidagi so‘nggi aloqalardan so‘ng Flik bu ishga kirishni juda xohlashi ma’lum bo‘ldi.

Bir necha hafta oldin Xavi mavsum oxirida jamoani tark etish niyatini e’lon qilganidan keyin «Barselona» yangi murabbiy izlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter