«Barselona» vakillari Flik bilan muzokara olib borish uchun Londonga yo‘l oldi

«Barselona» sport direktori Deku va klub tuzilmasida ishlovchi Boyan Krkich germaniyalik murabbiy Xans Flik va uning agenti Pini Zaxavi bilan uchrashish uchun Londonga uchib ketishdi, deb xabar beradi Sport.es nashri.

Agar Xavi «Barselona» bosh murabbiyligidan ketsa, Flik asosiy nomzodlardan biri sanaladi.

59 yoshli Flik Germaniya terma jamoasini tark etganidan keyin ishsiz, u yerda 2021 yilning avgustidan 2023 yilning sentyabrigacha ishlagan. Bungacha Flik «Bavariya»ni boshqargan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter