Uolsh «Chelsi»ning eng yosh debyutantlaridan biriga aylandi

Redji Uolsh 1967 yildan beri jamoada debyut qilgan eng yosh «Chelsi» futbolchisiga aylandi. Bu haqda PL Youth o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Futbolchi Konferensiyalar ligasining birinchi yarim finalida “Yurgorden”ga (4:1) qarshi kechgan uchrashuvda asosiy vaqt tugashiga 2 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushdi. U 16 yosh, 6 oy va 11 kunlik edi.

Londonliklarning eng yosh debyutanti 6 yoshu 138 kunlik Yan Xemilton bo‘lib qolmoqda. 1967 yilda u «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi.

«Chelsi» va «Yurgorden» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 8 may kuni «Stemford Brij»da bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter