Britaniya futbol tarixidagi eng yaxshi klublar reytingi tuzildi

FourFourTwo nashri Britaniya futbol tarixida eng yaxshi davrlarni boshdan kechirgan klublar reytingini tuzib chiqdi.

O‘tgan mavsumda «trebl» qayd etgan «Manchester Siti» mamlakat tarixidagi eng yaxshi jamoa deb topildi.

Ikkinchi pog‘onani esa «Manchester Yunayted» egalladi. Aleks Fergyuson boshqaruvidagi bu jamoa mavsum-1998/1999da APL, Angliya kubogi va YECHLda g‘olib chiqib, «trebl» sohibiga aylangan.

1. «Manchester Siti»-2022/23, 3 sovrin.
2. «Manchester Yunayted»-1998/99, 3 sovrin.
3. «Seltik»-1966/67, 5 sovrin.
4. «Manchester Siti» 2017-2019 yillar, 6 sovrin.
5. «Liverpul» 2018-2020 yillar, 4 sovrin.
6. «Chelsi» 2004-2006 yillar, 4 sovrin.
7. «Manchester Yunayted»-1967/68, 2 sovrin.
8. «Liverpul»-1976/77, 4 sovrin.
9. «Arsenal»-2003/04, 1 sovrin.
10. «Manchester Yunayted» 1992-1994 yillar, 5 sovrin.

Manba: bombardir.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter