Tonalining agenti «Yuventus» o‘yiniga tashrif buyurdi

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.

24 yoshli futbolchi «keksa sinyora»ning yaqinlashib kelayotgan transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. TUTTOmercatoWEB xabariga ko‘ra, Tonalining agenti Turin grandining yaqinda «Parma»ga qarshi o‘tkazgan o‘yinida ishtirok etgan. «Yuventus» italiyalik futbolchining yuqori narxi tufayli transferni amalga oshirishi oson bo‘lmaydi, biroq tomonlar kelishuv ustida ishlashda davom etmoqda, deya ta’kidlaydi manba.

Sandro Tonali 2023 yilning yozida «Milan»dan deyarli 60 million yevro evaziga «Nyukasl»ga o‘tgandi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, xavbekning ayni damdagi narxi 45 mln yevroni tashkil qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter