«Nyukasl» bosh murabbiyi Tonalining vaziyati bo‘yicha fikr bildirdi
Yarim himoyachi Sandro Tonali tergov ostida. Tikish qoidalarini buzgani uchun italiyalik yarim himoyachi uzoq muddatga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau Tonalining holati haqida fikr bildirdi.
“Tonali juda yaxshi harakat qilmoqda. U bu hafta ikki marta biz bilan mashg‘ulot o‘tkazdi va tarkibda maydonga tushishga tayyor. Biz o‘zimizni o‘z futbolchisini himoya qiladigan va uni qo‘llab-quvvatlovchi klubdek his qilyapmiz», – deya Xauning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
«Nyukasl» navbatdagi o‘yinini 21 oktyabr kuni o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/