«Nyukasl» Tonali haqida bayonot berdi

«Nyukasl» o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Sandro Tonali haqida bayonot berdi. Klub futbolchining diskvalifikasiyasi kuchga kirganini tasdiqladi – FIFA uni butun dunyoga tarqatdi.

Xabaringiz bor, Tonali Italiya futbol federasiyasi qarori bilan o‘n oyga diskvalifikasiya qilingan edi. Futbolchi pul tikish qoidalarini buzgani uchun jazolandi. Tonali, shuningdek, qimor o‘yinlariga qaramlikdan davolanishi kerak edi.

Sandro Tonalining diskvalifikasiya muddati 2024 yilning 27 avgustida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter