«Barselona» yarim himoyachilari mavsumning qolgan qismida o‘ynashlari mumkin

«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo va hujumchi Pau Viktor qolgan o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin. 

Ma’muriy sud La Liga rahbariyatining kataloniyaliklarning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani haqidagi navbatdagi shikoyatini ko‘rib chiqib, ushbu futbolchilarni ro‘yxatga olishni ma’qulladi va shu bilan Ispaniya Oliy sport kengashining avvalroq qabul qilgan qaroriga rozi bo‘ldi.

Bu haqda AS xabar bermoqda. Olmo va Viktorning lisenziyalari bilan bog‘liq masala keyinroq hal bo‘ladi va ularning mavsumning qolgan o‘yinlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter