«Barselona» yana rad javobini oladi

«Barselona» yarim himoyachi Dani Olmo transferi bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi. Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar «RB Leypsig»ga 55 million yevro kafolatlangan va ikki turdagi bonuslarni taklif qilgan. Shu bilan birga, «ko‘k-anorranglilar» 26 yoshli Olmoning o‘zi bilan olti mavsumlik shartnoma borasida kelishib olishgan.

Jurnalist Toni Xuanmarti xabariga ko‘ra, «RB Leypsig» bu safar ham «Barselona»ning Dani Olmo bo‘yicha bu taklifini rad etadi.

Aytish joizki, Transfermarkt portali Olmoni 60 million yevroga baholamoqda. Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisining «buqalar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter