Dani Alves qamoqxonadan qochib ketmoqchi bo‘lgandi
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dani Alves ayni paytda qamoqxonada saqlanmoqda va u zo‘rlash ayblovi bo‘yicha sud qarorini kutmoqda.
Sud jarayoni shu yilning 5-7 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi va prokuror futbolchi uchn 9 yil qamoq jazosini so‘radi.
«Marca» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Alves qamoq jazosidan qutulish maqsadida Braziliyaga qochib ketmoqchi bo‘lgan. Alves bu ishni sud qarori e’lon qilingunga qadar garov evaziga ozodlikka chiqarilgan paytda amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Ammo sud futbolchining bunday talabiga 3 marta rad javobini berdi. Bu haqda Alves bilan bir kamerada o‘tirgan inson bilan gaplashgan jurnalist Silviya Salamo xabar tarqatdi.
Ispaniya va Braziliya o‘rtasida jinoyatchilarni ekstradisiya qilish haqida kelishuv mavjud emas. Shuning uchun Dani qamoqdan qutulib, Braziliyada qolmoqchi bo‘lgan.
Manba: sport24.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/