Olmoning transferi qachon e’lon qilinadi?

«RB Leypsig» yarim himoyachisi Dani Olmo tez orada «Barselona»ning yangi futbolchisi sifatida e’lon qilinadi.

“Ko‘k-anorranglilar” Ispaniya terma jamoasi futbolchisi uchun 55 million yevro to‘laydi, “RB Leypsig” esa yana 7 millionni bonuslar ko‘rinishida ishlab oladi. Klublar allaqachon kelishuvga erishgan va Olmo seshanba kuni agenti va otasi bilan Barselonaga qo‘ndi. RadioMarca xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish payshanba kuniga belgilangan, juma kuni esa kutilmagan hech narsa yuz bermasa, «Barselona» transferni rasman e’lon qilishi mumkin.

Dani Olmo “RB Leypsig” safida 148 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol va 34 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter