Fonseka: «Bu o‘z qo‘l ostimdagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi»

«Milan» Chempionlar ligasi o‘yinida yana mag‘lub bo‘ldi, avvalroq «Liverpul»ga mag‘lub bo‘lgan «rossonerilar» kecha «Bayer»ga ham imkoniyatni boy berishdi.

Mag‘lubiyatga qaramay, «Milan» bosh murabbiyi Paulo Fonseka o‘z futbolchilari ajoyib o‘yin o‘tkazishdi, deb hisoblamoqda va muvaffaqiyatsizlikka Morataga nisbatan qo‘pollikdan keyin penalti belgilanmagani sabab bo‘lgan.

«G‘alaba qozona olmadik, lekin o‘yin menga yoqdi, bu o‘z qo‘l ostimdagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi, ayniqsa ikkinchi bo‘limda.

Fantastik ijroni ko‘rdik. Yetishmayotgan yagona narsa natija edi. Morataga qo‘pollik qilinganida VAR aralashuvi bo‘lmaganiga hayronman.

Penalti bor edi, lekin ular hatto diqqat bilan ham qarashmadi», – deya Fonsekaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter