«Milan» muxlislari Fonseka iste’fosini so‘rashmoqda
Italiyaning «Milan» klubi A Seriyasining 2-turida omadsiz o‘yin o‘tkazdi va jamoa yuqori divizionga qaytgan «Parma»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi;
Klub muxlislarining sabr-toqati esa allaqachon to‘lmoqda – ular mavsum oralig‘ida «Milan»ni qabul qilib olgan portugaliyalik murabbiy Paulu Fonsekaning ishidan norozi. #Fonsecaout xeshtegi allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda aylanib bormoqda.
Italiya chempionatining navbatdagi turida «Milan» safarda «Lasio» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/