«Milan» futbolchisi: «Pulishich ajoyib futbolchi»

«Milan» yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik jamoadoshi Kristian Pulishichning saviyasi haqida gapirdi. Aynan u bilan Ruben o‘tgan yozda «Chelsi»dan Milan klubiga o‘tgan edi.

«U fantastik o‘yinchi va muxlislar buni hozir ko‘rishmoqda. U har doim shunday bo‘lgan, u «Chelsi»da yaxshi ishlamagan, lekin «Milan»da u boshqacha mentalitetga ega ekanligini ko‘ryapsiz, u baxtli va juda yaxshi o‘ynaydi. U bu mavsumda o‘zining gollari va o‘ng qanotdagi o‘yini bilan biz uchun muhim rol o‘ynadi. Hammamiz umid qilamizki, u shunday gol urishda davom etadi», – dedi Loftus-CHik Milan News bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Loftus-CHik 2023 yilning yozida «Chelsi»dan «Milan»ga ko‘chib o‘tgandi. Yarim himoyachi «rossonerilar» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Milan klubi 27 yoshli futbolchi uchun 16 million yevro to‘lagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter