«Atalanta» yangi yarimhimoyachini ijaraga oldi

«Atalanta» «Frozinone»dan Marko Breshianinini ijaraga oldi.

Markaziy yarim himoyachi Bergamo klubini kamida bir yil davomida kuchaytiradi. Transfermarkt klublar o‘rtasidagi ijara to‘lovini 2 million yevroga baholamoqda.

Breshianini 24 yoshda, «Milan» klubi akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter