«Milan» de Ketelare uchun «Atalanta»dan qancha talab qilayotgani oydinlashdi

O‘tgan mavsumda «Atalanta»da ijara asosida o‘ynagan «Milan»ning 23 yoshli hujumchisi Sharl De Ketelare doimiy ravishda bergamoliklar safiga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchining o‘zi ham Bergamoda qolmoqchi. Qayd etilishicha, “Milan” futbolchi uchun 22 million yevro va qo‘shimcha 4 million yevro bonus olishni istamoqda. Klub, shuningdek, futbolchini keyingi sotishdan 10% pulni ham olmoqchi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Sharl de Ketelare “Atalanta” safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Milan» bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 34 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter