«Borussiya» Matsenni ijaraga oldi
«Borussiya» «Chelsi»dan himoyachi Yan Matsenni ijaraga oldi.
Dortmund klubi ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qilishini ma’lum qildi. Futbolchi chorshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Yangi jamoada Yan 22-raqamni egalladi.
«Chelsi» Matsenning «Borussiya»da mavsum oxirigacha ijara asosida o‘ynashini tasdiqladi va futbolchi ketishdan oldin shartnomasini uzaytirganini aytdi. Endi shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
«Borussiya» meni qo‘lga kiritish uchun ko‘p ish qildi. Men klub va uning muxlislarini anchadan beri kuzatib kelaman va 2022 yilning kuzida jamoani jonli ko‘rish uchun hattoki Manchesterdagi Chempionlar Ligasi o‘yiniga ham tashrif buyurdim.
Endi ijarani tashkil qilishga erishganimizdan juda xursandman. Jamoa muvaffaqiyati uchun bor kuchimni berishga va’da beraman. Men «sariq devor» ni ko‘rishni intiqlik bilan kutyapman», dedi Matsen.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/