«Atalanta» sardori: «Bergamoda katta bayram bo‘ladi»
«Atalanta» yarim himoyachisi Martin de Ron jamoasining Yevropa ligasidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari haqida gapirdi.
22 may kuni Dublin shahrida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida Bergamo klubi Germaniyaning “Bayer” klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Hozir biz boshdan kechirayotgan narsalarni tasvirlash uchun so‘z yo‘q. Men juda asabiy edim, lekin biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Men juda baxtliman. Biz bunga loyiqmiz va boshqa nima deyishni bilmayman. Balki ertaga nima bo‘lganini tushunib olarmiz, bugun faqat g‘alabani nishonlash kerak. Bergamoda katta bayram bo‘ladi», – deya de Ron so‘zlarini keltiradi calcioatalanta.it.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/