«Real» Devisni sotib olishni inkor etmayapti

Madridning «Real» klubi haligacha ushbu transfer oynasida «Bavariya»ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni sotib olish imkoniyatini inkor etmayapti. Relevo xabar berishicha, kelishuv hali ham amalga oshishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, «Real Madrid» rahbariyati yozgi transfer kampaniyasi allaqachon yakunlangan deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, klub «Bavariya» bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan Devisning «Santyago Bernabeu»ga kelishi ehtimolini istisno etmayapti.

Avvalroq Myunxen klubi Alfonso uchun 50 million yevro miqdorida tovon puli talab qilgandi. «Real» ortiqcha to‘lamaslik uchun futbolchini bir yildan so‘ng tekinga qo‘shib olishni afzal ko‘rmoqda. Ammo, agar «Bavariya» narxni pasaytirsa, transfer shu oydayoq amalga oshishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter