«Bavariya» tezroq Devis bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritmoqchi

«Bavariya» imkon qadar tezroq jamoa himoyachisi Alfonso Devis bilan vaziyatga oydinlik kiritmoqchi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, shu haftada klub va futbolchi o‘rtasida yangi muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, tomonlar hafta oxirigacha yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmasalar, u holda “Bavariya” Devisni yozgi transfer oynasida transferga qo‘yadi.

Oldinroq 23 yoshli himoyachiga «Real» eng katta qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter