«Real» Devis borasida yangi qadamlarni tashladi

Madridning «Real» klubi «Bavariya»ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisning transferi borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi.

Sport Bild xabariga ko‘ra, «qirollik klubi»ning yetakchi skauti Juni Kalafat kanadalik futbolchining agentlari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli himoyachining joriy mavsum yakunida «Bavariya» bilan shartnomasi tugashiga atigi bir yil vaqt qoladi.

Futbolchi shartnomani yangilashni istamagani uchun Myunxen klubi uni chegirmaga sotishga majbur bo‘lishi mumkin.

Manba shuningdek, «Real Madrid» skauti Kalafat Devisni chap qanot himoyachisi sifatida sotib olishga intilayotganini aytdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter