Alfonso «Real» va «Bavariya» o‘rtasida tanlov qildi

«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Kanadalik futbolchi «Real»ga o‘tishga intilmoqda, deb xabar beradi Marca nashri.

«Qirollik» klubiga o‘tish istagi tufayli Alfonso «Bavariya» bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda.

«Real» o‘z navbatida Alfonsoni 35 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda. Bundesliganing joriy mavsumida himoyachi 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter