Afg‘onistonlik dzyudochi dopingdan ijobiy natija bilan o‘tdi

Afg‘onistonlik dzyudochi Muhammad Samim Fayzadning Parij Olimpiadasi vaqtida o‘tkazilgan doping testida anabolik steroid stanozolol topildi.

Namuna 30 iyul kuni 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 1/16 final bahsidan so‘ng olingan bo‘lib, unda Fayzad avstriyalik Vohid Borxashviliga yutqazib qo‘ygandi.

Bu Parij Olimpiadasida turnir ichida topilgan ilk doping testidir. Bungacha ikki holat musobaqadan tashqarida bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter