«Yuventus» Pogba bilan shartnomani bekor qiladi

Agar fransiyalik futbolchi doping mojarosida aybsizligini isbotlay olmasa, «Yuventus» yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnomani darhol bekor qiladi.

Pogba 20 avgust kuni A Seriya 1-turi doirasidagi “Udineze”ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng topshirgan doping testida sportchilarning chidamliligini oshiruvchi gormon testosteron darajasi oshganini ko‘rsatdi. Italiya Milliy antidoping tribunali sud jarayoni vaqtida Pogbani vaqtincha diskvalifikasiya qildi. 30 yoshli futbolchi 4 yilga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.

«Yuventus» Pogba hech qanday xato qilmaganiga ishonadi va vaziyatga xotirjam munosabatda bo‘ladi. Ammo klubda nima bo‘lganidan biroz g‘azablanish bor, chunki «byankoneri» tez-tez jarohat olishiga qaramay, Pogbaga ishongan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter