Ramos doping bilan bogliq mashmashadan qutulib qoldi

“Sevilya”da o‘ynayotgan “Real”ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos 2018 yilda doping-test topshirishdan bosh tortgani uchun tergov qilinmaydi, chunki test sinovlarini o‘tkazishga urinayotganda agentlar tomonidan qoidabuzarliklar kuzatilgan, deb yozadi Relevo.

Manbaga ko‘ra, futbolchi 2018 yilning aprelida Ispaniya chempionati doirasida «Malaga»ga qarshi o‘yindan keyin doping-testdan o‘tishi kerak edi. Biroq, u dush qabul qilishdan oldin testlarni topshirishdan bosh tortdi. Bu antidoping qoidalarini buzish deb baholanishi mumkin. Biroq doping nazoratini talab qilingan ikki kishi o‘rniga bir kishi o‘tkazdi va shu sababli Ramos jazodan qutulib qoldi. Doping nazorati paytida ishtirok etgan ikkinchi shaxs uning akkreditasiyadan o‘tmagan otasi edi.

Avvalroq Ispaniya antidoping agentligi (CELAD) sportchilardan olingan ijobiy doping namunalari haqidagi ma’lumotni Butunjahon antidoping agentligiga (WADA) bildirmagani ma’lum bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter