Runi murabbiylik karyerasidagi orzusini aytdi

«Manchester Yunayted» va «Everton»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi kelajakda ushbu jamoalardan birini boshqarishni orzu qilishini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, mutaxassis yaqinda mavsum yakunida Chempionshipdagi o‘rnini saqlab qola olgan «Plimut» bosh murabbiyiga aylandi.

«Mening orzum juda aniq – bir kun kelib «Everton» yoki «Manchester Yunayted»ni boshqarish», – deya murabbiydan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter