Ueyn Runi «Birmingem»ni boshqarishi mumkin

«Birmingem» klubi bosh murabbiyi lavozimiga Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi UYEyn Runini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda The Telegraph.

«Birmingem» joriy chempionatda birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi, ammo klubning yangi xo‘jayinlari Jon Yustasni o‘rniga mashhurroq murabbiyni qo‘ymoqchi. Klub 5 turdan keyin 11 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Runi o‘tgan yozdan beri MLSda o‘ynaydigan «Di Si Yunayted»ni boshqarib kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter