16 yoshli Villian qiyin tanlovni amalga oshirishi kerak

“Palmeyras” hujumchisi Estevao Villian Yevropaning bir qator klublarining qiziqishi nishoniga aylangan.

«Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, 16 yoshli braziliyalik futbolchiga «Barselona», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda. Uning otasi oktyabr oyida Manchester, Parij va Londonda edi. Futbolchining o‘zi avvalroq Kataloniya jamoasiga o‘tishni hohlashini aytgandi.

Biroq, «Barselona» moliyaviy muammolar tufayli Estevaoning transferi bo‘yicha sekin harakat qilmoqda, bu esa braziliyalikning boshqa klubga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Hujumchilarning tovon puli 60 million yevro. Kataloniyaliklar bunday pul to‘lashga tayyor emas.

Estevao 2025 yilda, ya’ni 18 yoshga to‘lganda, Yevropa klublaridan biriga o‘tishi mumkin bo‘ladi. «Palmeyras» hujumchini yaqin orada sotib, voyaga yetguniga qadar ijarada saqlab qolmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter