«Real»ning yangi futbolchisi Endrik bu borada Neymarni ortda qoldirdi
«Palmeyras»ning 17 yoshli hujumchisi Endrik Braziliya A Seriyasida mavsumni 11 gol bilan yakunladi. U ularning ko‘pini turnirning so‘nggi bosqichida kiritdi: so‘nggi sakkizta o‘yinda oltita gol. Shu tariqa, u Neymardan o‘tib ketdi va tarixdagi barcha 17 yoshli futbolchilar orasida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Braziliyalik futbolchi Ronaldodan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Endrik chempionatning so‘nggi turida “Palmeyras” safida “Kruzeyro”ga qarshi o‘yinda gol urdi. Jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Bu natija yosh braziliyalikning klubiga chempionlik uchun yetarli bo‘ldi.
Futbolchini Madridning “Real” klubi sotib oldi va u jamoaga 2024 yilning yozida kelib qo‘shiladi. Transfer summasi 37,5 million dollarni tashkil etdi.Futbolchi o‘tgan mavsumda professional o‘yin o‘tkaza boshlagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/