«Milan» yaqin orada Jiru o‘rniga yangi hujumchi olib keladi

«Milan» imkon qadar tezroq Olivye Jiruni o‘rniga hujumchi olib kelish masalasini hal qilishni rejalashtirmoqda.

Ishonchli manbalarning xabar berishicha, 37 yoshli fransiyalik futbolchi “rossonerilar”ni tark etadi va erkin agent sifatida «Los-Anjeles»ga o‘tadi. Xabaringiz bor, “Bolonya”da to‘p tepayotgan Joshua Zirkzee Jiru o‘rnini egallashning ustuvor variantlaridan biri sifatida belgilangan edi.

GFFN xabariga ko‘ra, «Milan» rahbariyati yaqin orada «Bolonya» bilan niderlandiyalik futbolchining transferi shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishni kutmoqda. Kelishuv bo‘yicha tezda kelishib olish istagi 22 yoshli o‘yinchiga Premyer-liga klublaridan qiziqishning ortishi bilan bog‘liq.

Transfermarkt portali Joshua Zirkzeening narxini 40 million yevroga baholamoqda. Futbolchi joriy A Seriyaning 31 o‘yinida 11 gol va 5 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter