Jiru kelajagini muhokama qilishni istamadi
«Milan» hujumchisi Olivye Jiru A Seriya doirasidagi «Lechche»ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:0) kelajagi haqida berilgan savolga javob berishni istamadi.
«Men hozir kelajakni muhokama qilishni xohlamayman. Ommaviy axborot vositalarida chiqqan xabarlarni ko‘rdim. Hozir men «Milan» futbolchisiman, men klubga sodiqman. Men mavsumni eng yaxshi tarzda yakunlamoqchiman, keyin ko‘ramiz”, – deya Jiru so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Olivye Jiru 2021 yildan beri «Milan»da o‘ynab kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/