Joshua Ngannuga dars berib qo‘ydi

Entoni Joshua prof boks bo‘yicha Frensis Ngannuga dars berdi.

Hamma o‘z yo‘nalishida ishtirok etgani yaxshi. Bu haqda ko‘pincha yozganman. Frensis Ngannu avvalroq Tayson Fyuri bilan boks tushib, ochkolar bo‘yicha yutqazsada, munosib jang ko‘rsatib, yaxshigina pul ishlab, doim shunday bo‘ladi deb o‘yladi. Fyuri u jangga jiddiy qaramagan deb hisoblayman.

Ammo Entoni Joshua uchun bu nafaqat 20 million dollarlik jang, balki yana o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklash uchun imkoniyat edi. Joshua jiddiy yondoshuv bilan chiqdi va Ngannuni shunchaki yo‘q qildi. Birinchi raundning o‘zida Frensis to‘g‘ridan zarba qabul qilib yiqildi. Tiklandi. Ikkinchi raund yakunida yana zarba qabul qilib, nokdaunga tushdi. Referi sanaguncha yana o‘rnidan ko‘tarildi. Shu eng katta xatosi bo‘ldi. Joshua o‘ng qo‘l bilan raqibini chuqur uyquga ketqazdi, Nagunnu taxlanib yiqildi. Ancha vaqt o‘tgach shifokorlar uni oyoqqa turg‘azishdi.

Pul deb UFC dan ketgan Ngannu, pul deb boks tushib ko‘rdi. Pul ishladi. Evaziga hayotidagi eng qaxshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Endi MMAga qaytishi ham cho‘zilsa kerak.

Davron Fayziyev

Manba: @Davron_Fayziev

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter