Fayzullayev: «Zenit» bo‘ladimi yoki «Spartak» – kim raqib bo‘lishi muhim emas»

SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “Baltika” bilan o‘yindan so‘ng Match TV telekanaliga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Muxlislarga kelib, bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytmoqchiman. Ular bizga kuch beradi va buni maydonda ko‘rsatdi.

«Baltika»ning tarkibi kutilmagan bo‘ldi, ammo o‘yindan oldin ularni yaxshilab o‘rgandik, ular bilan birinchi o‘yinni tomosha qildik.

«Zenit» bo‘ladimi yoki «Spartak», kim bo‘lishi muhim emas. Bu bosqichga faqat kuchli jamoalar chiqadi. O‘ylaymanki, bu ajoyib o‘yin bo‘ladi», – dedi Fayzullayev.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter